Nishonda giyohvandlik vositasi savdosiga chek qo‘yildi

Nishonda giyohvandlik vositasi savdosiga chek qo‘yildi

2020 yil 14 yanvar kuni taxminan soat 15:15 larda Nishon tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Nazoratli xarid» tadbiri davomida 44 yoshli I.O. Nishon tumanidan o‘tuvchi Qarshi magistral kanalining ko‘prigi yonida tadbirga «xaridor» sifatida jalb qilingan fuqaroga uch dona «Spichki» yozuvli gugurt qutiga joylashtirilgan yashil rangli, o‘tkir hidli quritilgan o‘simlik bo‘laklarini jami 900.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida uch dona «Spichki» gugurt qutisidagi modda «MARIXUANA» deb nomlanishi, uning sof og‘irligi 12,5 grammni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan davom ettirilgan tezkor-qidiruv harakatlari jarayonida, shu kuni taxminan soat 20:05 larda SH.R. 5 dona «Spichki» yozuvli gugurt qutiga joylashtirilgan yashil rangli, o‘tkir hidli quritilgan o‘simlik bo‘laklarini I.O.ga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida olingan «MARIXUANA» giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 18,8 gr.ga tengligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha Nishon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan I.O. va SH.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!