Nigeriyada yong‘in: Maktab o‘quvchilari yonib ketdi

Nigeriyada yong‘in: Maktab o‘quvchilari yonib ketdi

Nigeriya poytaxti Niameydagi boshlang‘ich maktablardan birida kelib chiqqan yong‘inda o‘quvchilar halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Evronyus”.

O‘t o‘chirish xizmati rahbari Sidi Muhammadning ma’lum qilishicha, poytaxtning Payz-Bas mahallasida joylashgan maktabda yuz bergan yong‘inda kamida 20 nafar o‘quvchi tashqariga chiqa olmay halok bo‘lgan. Ular 7-13 yoshli bolalar edi.

Mazkur maktabda ikki mingga yaqin bola tahsil oladi. Yong‘in dars paytida boshlangan va shamolning ta’sirida qisqa fursatda kuchayib ketgan.

Yong‘in aynan nimadan kelib chiqqani hozircha ma’lum emas. Ushbu hodisa maktabga tutash qilib qurilgan qo‘shimcha sinfxonalar qanchalik xavfli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi: Nigerda ko‘pincha bunday sinfxonalar qamishdan barpo etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!