Nega IIV Matbuot xizmati jim? Vazir o‘rinbosari ishdan olingani va general Dmitriy Pan qamoqqa olingani yolg‘onmi?

Nega IIV Matbuot xizmati jim? Vazir o‘rinbosari ishdan olingani va general Dmitriy Pan qamoqqa olingani yolg‘onmi?

"Jahon.uz" avvalroq, "Ichki ishlar vazirligi va tizimida bir qator mulozimlar zudlik bilan ishdan olindi" sarlavhasi bilan material e’lon qilgan edi.

Unda, Qo‘mondon general-Dmitriy Pan o‘z lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi. Bizga hozir ma’lum bo‘lishicha, general hattoki qamoqqa olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Panning qamoqqa olinishi ortidan bir necha xodimlarning ham ishdan ozod etilgani aytilmoqda. Ishdan bo‘shatilgan xodimlarga nisbatan hozircha qamoqqa olish ehtiyor chorasi qo‘llanilmagan.

Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonining lavozimidan olinishiga asosiy sabablardan biri mamlakatimizdagi mahkumlarni saqlash joylari (qamoqxona, manzil-koloniyalari)da ro‘y berayotgan tartibsiz hamda Ichki ishlar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar bo‘lgan.

Vazir o‘rinbosari ishdan olingani haqida ikkita manba ma’lumot berdi ammo negadir internetda faollik ko‘rsatayotgan IIV Matbuot xizmati bu boradagi ma’lumotlarni "tishini orasida" saqlashdan nariga o‘ta olmayapti.

Allaqachon bu sohaga aloqador bo‘lmagan o‘quvchilar ham xabardor bo‘lgan xabarlar rasman berilmayotgani tushunarsiz. 

Biz rasmiy ma’lumot berilishini va unda voqealar hamda sabablar shaffof yoritilishini kutib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!