Navoiyda haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi

Navoiyda haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi

Navoiy viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori O. Safarov 24 yanvar kuni soat 11:30 larda Qiziltepa tumani hududida o‘tkazilayotgan avtoreyd tadbirida xizmat olib borgan. “Oq oltin” mahallasi hududida joylashgan chorrahada harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli avtomobil haydovchisini hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtatganda haydovchi I.J.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo‘lmaganligi sababli I.J.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi I.J. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX katta inspektori O. Safarovga 500 ming so‘m pulni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qiladi.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kuni soat 19:15 larda fuqaro I.J. YPX katta inspektori O.Safarovga 400 ming so‘m pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uz24. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!