Navoiyda bir ko‘chada joylashgan uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Navoiyda bir ko‘chada joylashgan uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Navoiy shahridagi "Bunyodkorlar" ko‘chasida ketma-ket joylashgan 3 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in natijasida birinchi uyning 30 kv metr tom qismi hamda uy jihozlari, ikkinchi uyning 20 kv metr tom qismi, shuningdek, uchinchi xonadonning 18 kv metr shift qismi yonib zararlangan.

Achinarlisi, mazkur uylarda imkoniyati cheklangan fuqarolar istiqomat qilishadi.

Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xafvsizligi xodimlari tomonidan yong‘in bartaraf etildi hamda 3 nafar nogiron fuqarolar yong‘indan qutqarilgan.

Yong‘inning asosiy kelib chiqish sabablari fuqarolarning gaz va elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanishi natijasida yuzaga kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!