Navoiyda 15 mlrd so‘mlik ko‘prik qurilmoqda (FOTO+VIDEO)

Navoiyda 15 mlrd so‘mlik ko‘prik qurilmoqda (FOTO+VIDEO)

Navoiy shahridagi Amir Temur va g‘alaba chorrahasida piyodalar uchun baland ko‘prik qurish ishlari olib borilmoqda. "O‘zbekiston 24" telekanalidagi xabarga ko‘ra, bugungi kunga kelib ish 80 foizga bajarilgan. Bu haqda "Repost" xabar tarqatdi.

Ko‘prik joylashgan chorraha Navoiy shahridagi markaziy dehqon bozori va kiyim-kechak bozorlari yonida joylashgan. Bir daqiqada 400 ga yaqin kishi chorrahani kesib o‘tadi.

Qurilish qiymati qariyb 15 milliard so‘mni tashkil etadi.

Piyodalar uchun ko‘prik chorrahada baxtsiz hodisalar xavfini oldini oladi va bu yerda yuzaga keladigan tirbandlikni bartaraf qiladi. Ko‘prikning qurilishi g‘ayrioddiy dizayn yechimiga ega va milliy uslubda yaratilgan, deyiladi telekanal reportajida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!