Navoiy markazida viloyatning bosh bayram archasi yonib ketdi

Navoiy markazida viloyatning bosh bayram archasi yonib ketdi

Navoiy shahri markazida 27 dekabr kuni bayram archasi yonib ketdi. Hodisa joyidan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

"Telegram"dagi kanallarda e’lon qilingan videolarda hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganini ko‘rish mumkin.

Viloyat hokimligi binosi orqasiga o‘rnatilgan bayram archasi nima sababli yongani hozircha noma’lum.

Avvalroq, 23 dekabr kuni Farg‘ona shahridagi Yangi yil archasi yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!