Namanganda 4 egizak dunyoga keldi

Namanganda 4 egizak dunyoga keldi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi Nafisa Yunusova va Abdukamol Ahmadjonov biryo‘la to‘rt egizakning ota-onasiga aylandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, tug‘uruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarilgan.

Egizaklarning 2 nafari o‘g‘il va 2 nafari qiz bo‘lib, ayni paytda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida. Go‘daklar belgilangan standartlar asosida parvarishlanmoqda.

4 egizak otasining aytishicha, ularning avlodida qo‘sh farzandlar tug‘ilishi ko‘p kuzatilgan, ammo 4 egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!