Nahotki? Samarqandda odamlar uyni isitish uchun oyoq kiyimlarini yoqmoqda

Nahotki? Samarqandda odamlar uyni isitish uchun oyoq kiyimlarini yoqmoqda

Samarqand shahrining bu shaharchasidagi Shodiobod ko‘chasida bo‘lganimizda ochig‘i, bir necha daqidada 50 dan ziyod xonadon vakillarining to‘planishi, uyni isitish muammosidan qattiq azob chekayotganidan shikoyat qilishini kutmagandik. Shikoyat qilishgancha bor ekan.

Bu ko‘cha So‘lim shaharchasidagi Chil­quduq mahallasida joylashgan bo‘lib, 241 xonadonmavjud. Bir necha yildan beri tabiiy gaz yo‘q. Maishiy gaz balloni goh bir oy, gohidaikki oyda bir keladi. Ko‘mir ham berilmagan. Aksiga olib, hududdagi transformatorta’mirlanaverib, bir ahvolga kelgan. Xo‘sh, ayting-chi, shunday bo‘lgach, aholi uyni nimabilan isitishi kerak?

Fuqarolardan biri Zokir Qurbonov shu savolimizni eshitgach, uyiga taklif qildi: "Keling, ko‘rasiz". Bordik, uyni pechkada yoqilgan rezina hidi tutib ketgan, zaxirada esaoyoq kiyimlar!

Yana bir fuqaro Xosiyat Esanova uzoq yildan beri yolg‘iz o‘zi nogiron farzandiniparvarishlaydi. Moddiy ahvoli og‘ir. Farzandini, chaqaloqlarni sovuqdan asrash uchunyashab turgan uyini bir chekkadan buzib, yog‘ochlarni yoqa boshlagan.

– Gaz yo‘q, svetga ishonch yo‘q, istagan vaqtda o‘chishi mumkin, ko‘mir faqat og‘izda. Nogironfarzandimdan tash­qari yana bir o‘g‘lim va uning oilasi, chaqaloqlari bilan hammamiz biruyda yashaymiz. Ammo shuni isitish ham muammo. Uyda faqat men ishlayman, farroshbo‘lib. O‘tin narxini esa bilasiz…

Darvoqe, o‘tgan oyda o‘zimiz ham tahririyat orqali 1 dekabrgacha aholiga ko‘mir etkaziladi,deb xabar bergandik. Chunki viloyat hokimining joriy yil 15 oktyabrdagi farmoyishidaviloyat "Temiryo‘lyonilg‘ita’min" birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligiga bu haqda aniqtopshiriq berilgandi. O‘z navbatida, biz bilan suhbatda mazkur xo‘jalik ombor mas’ulxodimi bu borada muammo bo‘lmasligini ta’kidlagan edi. Ammo haqiqiy holat shuki,birgina Shodiobod ko‘chasidagi 241 ta xonadondan birortasi shu vaqtgacha ko‘mir olganemas. Aholi bilan suhbatlashganimizda stansiyalarga bir-ikki marta borib ko‘rgani,ammo ko‘mir bo‘lmagani uchun ayrimlar sotuvchilardan 800 so‘mdan sotib olganini ma’lumqildi.

– Mahallaning qolgan hududlariga tabiiy gaz etib boradi, – deydi Chil­quduq mahallasiraisi Ubaydulla Elboyev. – Bu ko‘chada ham bir necha yil oldin tabiiy gaz bor edi. Ammota’mirlash uchun quvurlar uzildi-yu, shu bilan qolib ketdi. Mahalla tabiiy gaz etkazibberilgan hudud sifatida qayd etilgan. Shu sababdan ko‘mir olganimiz yo‘q.

To‘g‘ri, aholiga bir oy, ikki oy deganda maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz etibkeladi. Ammo suyultirilgan gaz ovqat pishirish uchun   beriladi.

– Tabiiy gaz ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha biz, mahalla faollari "O‘ztransgaz"aksiyadorlik jamiyatining viloyat, shahar hamda tuman bo‘limlariga murojaat qilganmiz, – deydi shu ko‘chada istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Abdug‘affor Latipov. –Jamiyatning viloyat filiali bosh muhandisi va’da berdi,  Samarqand tuman bo‘limigako‘chamizni tabiiy gazga ulash bo‘yicha topshiriq ham berdi. Ammo tuman gaz idorasimutasaddilari Shodiobod shaharga qarashli, gazni ham o‘sha erdan olsin, deb turibolishdi. Ko‘chamizdagi o‘zimiz ta’mirlagan gaz quvurlari shundoqqina  Samarqandtumanidan kelgan katta gaz quvuri oldida. Ammo ulanishga ruxsat yo‘q.  Samarqandshahridan ulanish uchun esa ancha masofaga o‘z hisobimizdan quvur tortishimiz kerak.Xullas, bu ko‘chada "O‘zing uchun o‘l etim!"

Shunday qilib, Shodiobod ko‘chasidagi aholi qishdan eson-omon chiqish uchun nima topsa,shuni yoqayapti. Afsuski, So‘limning muammolari shu bilan tugab qolmaydi.Samarqandning eng xarob yo‘llari ham, avariya holatidagi eski ko‘prik ham, nazoratsizsang‘ib yurgan daydi itlar ham aynan shu erda. Bu holat umid qilamizki, shahar hokimligimutasaddilarining qiziqishiga sabab bo‘la oladi.

Anvar MUSTAFOQULOV,

«Zarafshon» muxbiri.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!