Mutaxassis COVID-19ga qarshi emlashdan keyin qachon homiladorlikni rejalashtirish mumkinligini aytdi

Mutaxassis COVID-19ga qarshi emlashdan keyin qachon homiladorlikni rejalashtirish mumkinligini aytdi

Homiladorlikni koronavirusga qarshi emlanishdan ikki-uch oy o‘tgach rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining akusherlik va ginekologiya bo‘yicha bosh mustaqil mutaxassisi, professor Leyla Adamyan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, emlashdan keyingi xatarlar koronavirusdan organizmga yetadigan zarardan "ming baravar past"dir. Shuningdek, kasallikni davolash uchun ishlatiladigan dorilarning ta’siri haqida unutmaslik lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!