Musulmonlarni yomonlagan amaldor ishdan haydaldi

Musulmonlarni yomonlagan amaldor ishdan haydaldi

Buyuk Britaniyada yuqori martabali amaldor islomofob izohlari uchun ishdan olindi, deya xabar bermoqda Muslim News.

Britaniya hukumatining turar joy sektori bo‘yicha maslahatchisi Rojer Skraton tizimli ravishda Islomga va musulmonlarga qarshi fikrlar bildirib kelgan. Ayni paytda u Vengriya bosh vaziri Islomga qarshi fikrlari bilan tanilgan Viktor Orban bilan yaqin do‘st ekani ma’lum bo‘ldi.

Skraton nashrlardan biriga bergan intervyusida Vengriya aholisi katta sonli musulmon qabilalarning kutilmagan bosqinidan bezovta ekanini aytgan. Amaldorning bu gapi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchradi va oqibatda Skratonni ishdan bo‘shatishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!