Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali bilan turmushi haqida: "Biz hech kimning oilasini buzganimiz yo‘q" (foto)

Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali bilan turmushi haqida: "Biz hech kimning oilasini buzganimiz yo‘q" (foto)

Muqaddas Sa’dullayeva 23 dekabr kuni ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Aktrisa turli hil gap-so‘zlar va shov-shuvlar sababli instagramdagi shahsiy sahifasida aktyor Yigitali Mamajonov bilan oilaviy suratlarini joylashtirib, muxlislariga quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi.

Muqaddas Sa’dullayeva:
Assalomu alaykum, yaxshilar. Xonadonimizga sal kam 1 yillik shirin turmushimizning, muhabbatimizning mevasi AbuBakr Siddiq kuni kecha ilk bor yangi mehmon bo‘lib keldilar! Baxtni ko‘z-ko‘z qilish yaxshilikka olib kelmasligini hayotiy tajribamda, yaqinlarimda ko‘p guvohi bo‘lganman. Shuning uchun ham chiroyli turmushimiz hech kimni nazarida bo‘lishini istamadik, shu kungacha tinch-totuv yashab kelyapmiz, lekin qarasam, oxirgi kunlar xaqiqat astalik bilan ochilib, g‘alamis qalbi qora insonlarning quroliga aylanib, har xil tuhmat bo‘htonlar bilan oilamiz sha’niga xunuk gaplar gullay boshladi. Shuning uchun bugun oxiri baxtimni faqatgina yaxshilar, qalbi toza insonlar bilan bo‘lishishni istadim. Men baxtliman, qaynonam oyijonimdek, turmush o‘rtog‘imdek qalbi toza, mehribon, insofli, diyonatli insonlar hozirda juda kam. Oilada baxtning kalitini esa iymonli turmush o‘rtog‘imga har qanday vaziyatda ham itoatli bo‘lishda deb bilaman! Aytib o‘tishim lozimki, biz hech kimni oilasini buzib turmush qurganimiz yo‘q, baxtini ham tortib olganimiz yo‘q. Biz faqatgina Alloh buyurgan yo‘lda, dunyo qarashlarimiz to‘g‘ri kelib, qalblarimizni hamda hayotimizni tutashtirdik, xolos! Barcha-barchaga yaxshilarga faqatgina baxtni yaxshiliklarni tilab qolaman! Azizlar, insonlarga qo‘lingizdan kelsa yaxshilik qiling, yaxshilik qilish kelmasa, yomonlik ham qilmang. Yaxshilik qilolmagan insoningizga hech bo‘lmasa yomonlik qilmaslik imkoniyatingiz bor. Insondan faqatgina dunyoda yaxshilik qoladi! Kuningiz xayrli o‘tsin!

O‘g‘il farzandli bo‘lgan Yigitali va Muqaddas farzandlariga AbuBakr Siddiq deb, ism berdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!