Muhammad Saloh kelajagi borasida bir qarorga keldi

Muhammad Saloh kelajagi borasida bir qarorga keldi

“Liverpul” yetakchisi Muhammad Saloh Angliyada qolishga qaror qildi.

Saudiya Arabistoni jamoasining katta miqdorda pul taklif qilishiga qaramasdan, misrlik futbolchi hozirgi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Saloh Yevropadan ketish uchun hali erta ekanligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” libosida harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsum 27 ta uchrashuvda 17 ta gol urishga erishdi. Uning ingliz jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi.

Avvalroq “Al Ittihod” Salohni xarid qilish uchun rekord darajada pul berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!