Mo‘g‘ulistonda yillik inflyasiya 5,7 foizga yetdi

Mo‘g‘ulistonda yillik inflyasiya 5,7 foizga yetdi

Mo‘g‘ulistonda 2024 yil may oyida yillik inflyasiya 5,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Milliy statistika xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Xinhua agentligi.

Yillik inflyasiyaning shakllanishiga dori vositalari va tibbiy xizmatlarning 7 foizga oshgani bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lum qilinishicha, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, alkogolsiz ichimliklar va mineral ichimliklar narxi 6,7 foizga, shuningdek, kiyim-kechak, to‘qimachilik mahsulotlari va poyabzal 5,8 foizga, mebel va maishiy texnika, elektronika 5,4 foizga oshgan.

Mo‘g‘uliston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil aprel oyida mamlakatda yillik inflyasiya 6,4 foizni tashkil qilgan. Vaholanki, mamlakatning 3,5 million aholisining yarmidan ko‘pi istiqomat qiluvchi mamlakat poytaxti Ulan-Batorda bu ko‘rsatkich 6,1 foizni tashkil etgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston yalpi ichki mahsuloti 2024 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,8 foizga oshgan.

Shu bilan birga, Jahon banki ekspertlari Mo‘g‘ulistonda iqtisodiy o‘sish, asosan, tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarishning ko‘payishi, xususiy iste’molning tiklanishi va fiskal ekspansiyaga kuchli bog‘liqlik hisobiga bo‘lishini taxmin qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!