Moskvadagi migrantlar yotoqxonasida yong‘in yuz berdi. O‘zbekiston fuqarolari ham halok bo‘lgan

Moskvadagi migrantlar yotoqxonasida yong‘in yuz berdi. O‘zbekiston fuqarolari ham halok bo‘lgan

23 mayga o‘tar kechasi Moskva viloyati, Istra shahri, Padikovo qishlog‘i manzilidagi yotoqxonada yong‘in sodir bo‘lib, unda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik bo‘limining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijlik fuqarolar yashagan, ulardan 11 nafari mamlakatimiz fuqarolari.

Yong‘in oqibatida 8 nafar fuqaro halok bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Hozirda qurbonlarning jasadlari jasadlarning shaxsini aniqlash uchun Istra shahar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosida.

Mazkur fakt asosida tergov organi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Vaziyat elchixonaning konsullik bo‘limi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!