Moskva muftiysi ham koronavirusga chalindi

Moskva muftiysi ham koronavirusga chalindi

Moskva muftiysi Ildar Alautdinov ham koronavirusga chalindi. Bu haqda u "Instagram"dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. 

Alautdinovning aytishicha, uning oilasi kasallik belgilarini avvaliga shamollash yoki grippniki deb o‘ylagan, biroq tekshiruvlar koronavirus borligini ko‘rsatgan. Muftiy o‘z videomurojaatida kasallik juda oson va tez tarqalayotganini aytib, hammani ogohlikka chaqirdi.

“Kasallik juda oson yuqadi, afsuski, nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham og‘ir o‘tadi. O‘zingizni asrashingiz juda muhim”, – dedi u. Shifokorlar unga kuchli antibiotiklar tayinlagan.

Qirq bir yoshli Ildar Alautdinov Al-Azhar universitetida o‘qigan. 2013 yildan beri Moskva muftiysi lavozimida ishlab kelmoqda.  

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada bir kunda 5 mingdan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni esa 1 035 789 nafarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!