Moldova Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini olishi mumkin

Moldova Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini olishi mumkin

24 iyun kuni Moldova Respublikasi Yevropa Ittifoqidan Kishinyov tomonidan Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomiga ega bo‘lish uchun taqdim etilgan arizaga rasmiy javob oladi, deya xabar berdi Noi.md nashri.

Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Niku Popesku Moldova Respublikasi tomonidan to‘ldirilgan anketalarni o‘rganib chiqib, Yevropa Ittifoqi mamlakatni demokratlashtirish va modernizasiya qilish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berishini aytdi.

Bosh vazir o‘rinbosari mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq tizimini isloh qilishda eng katta bo‘shliqlar mavjudligini e’tirof etdi, lekin Yevropa Ittifoqi a’zolikka aniq istiqbol taklif etishiga umid bildirdi.

17 iyun kuni Yevropa Komissiyasi Moldova Respublikasi bilan munosabatlar qanday rivojlanishi bo‘yicha o‘z tavsiyalari va qarashlarini e’lon qiladi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ushbu tavsiyalarni bir necha kun davomida muhokama qiladilar, 24 iyun kuni esa butun Yevropa Ittifoqi nomidan tavsiyalar beradilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!