MO va Hindistonni bog‘lovchi transport yo‘lagi bo‘yicha kelishuvga erishildi

MO va Hindistonni bog‘lovchi transport yo‘lagi bo‘yicha kelishuvga erishildi

O‘zbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini ta’minlaydigan yangi transport yo‘lagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

Vazirlikda Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya delegasiyasi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Chobahor porti orqali "O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yo‘lagini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Obsujden proyekt razvitiya novogo transportnogo koridora Uzbekistan – Turkmenistan – Iran – Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022

“Muzokaralarda yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetadigan O‘zbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini ta’minlaydigan yangi transport yo‘lagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.

Obsujden proyekt razvitiya novogo transportnogo koridora Uzbekistan – Turkmenistan – Iran – Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022

Mazkur yo‘lak, shuningdek, yaqin istiqbolda 3,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkin bo‘lgan Markaziy Osiyo va Hindiston mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo munosabatlari doirasida mahsulot etkazib berishning uzluksizligini ta’minlashga ham qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!