Misrda 60 million kishi har kuni “Qur’on radiosi”ni tinglaydi

Misrda 60 million kishi har kuni “Qur’on radiosi”ni tinglaydi

Misrda “Qur’on radiosi” ishga tushirilganiga 90 yil to‘ldi. Mamlakatning 90 millionlik musulmon aholisidan 60 millioni ushbu radioni har kuni tinglashi ma’lum qilindi.

Misr aholisining 60 foizi har kuni Quran Radio radiostansiyasi dasturlarini tinglaydi. Bu haqda Quran Radio radiostansiyasi rahbari Muhammad Nur ushbu radiostansiya yaratilganining 90 yilligiga bag‘ishlangan dasturdagi nutqida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, har kuni 60 millionga yaqin odam Qur’on radiosini tinglaydi, deb xabar beradi Youm7sayti.

U Qur’on radiosi o‘z chiqishini yaxshilash bo‘yicha so‘nggi paytlarda amalga oshirgan rejalariga to‘xtalib, texnik infratuzilmani rivojlantirish, dasturlarni diversifikasiya qilish va yosh hofizi Qur’onlarni jalb qilish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi.

Muhammad Nurning qayd etishicha, ilk bor «Qur’on radiosi” ishga tushirilganda 12 yosh qori uning safiga qo‘shilib, Qur’on o‘qishgan.

“Qur’on radiosi” Qur’on tilovati buzilishining oldini olish va mashhur qorilar tomonidan Qur’onni to‘g‘ri tilovat qilish maqsadida tashkil etilgan.

Qur’on radiosi yaratilganidan beri Misr xalqi, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlari orasida katta shuhrat qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!