Metrolarning birida prezidentning qiyofadoshi topildi

Metrolarning birida prezidentning qiyofadoshi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan erkakning metropolitendagi surati tarqaldi.

Surat 16 avgust kuni Facebook’da Dmitriy Kovalenko ismli foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan.
«Mana u haqiqiy xalq prezidenti. Kortejsiz, qo‘riqchilarsiz, hatto velosipedsiz. Oddiy va kamtarona tarzda ishga ketyapti», — deb yozadi u.



Izohlarda foydalanuvchilar uning haqiqatdan ham Zelenskiyga o‘xshashini yozib qoldirgan. Ayrimlar esa uning aniq Zelenskiy emasligini, chunki uning yonida Bogdan yo‘qligini xazil tariqasida e’tirof etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!