Merkel Yevropa Ittifoqiga yangi davlatlarni qo‘shish tarafdori

Merkel Yevropa Ittifoqiga yangi davlatlarni qo‘shish tarafdori

G‘arbiy Bolqon davlatlarining Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi Yevropa Ittifoqiga katta geostrategik manfaat keltiradi, degan Germaniya kansleri Angela Merkel Belgradga tashrifi chog‘ida.

Merkel dushanba kuni Serbiyaga amaliy tashrif bilan keldi. Aeroportdagi tantanali uchrashuvdan so‘ng Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Germaniya kanslerini «Serbiya palatasi» hukumat majmuasida qabul qildi. U yerda ular yopiq eshiklar ortida suhbatlashishdi va OAVga bayonot berishdi.

«Men bilamanki, jarayon (Evropa integrasiyasi) asta-sekinlik bilan bo‘lmoqda va Yevropa tomoni yangi talablar bilan chiqmoqda. Lekin biz bir qator natijalar va taraqqiyotni ko‘ryapmiz ...

Ammo Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar shuni yodda tutishi kerakki, bu mamlakatlarning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishida katta geostrategik manfaatlar bor», degan Germaniya kansleri.

Germaniya Federativ Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy vakilining o‘rinbosari Martina Fits ilgari xabar qilganidek, Merkel 13-14 sentyabr kunlari Serbiya va Albaniyaga tashrif buyuradi, u yerda ikki davlat, shuningdek Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya va Kosovo respublikasi rahbarlari bilan uchrashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!