"McDonaldʼs" sun’iy go‘shtdan taom tayyorlashni boshlamoqchi

"McDonaldʼs" sun’iy go‘shtdan taom tayyorlashni boshlamoqchi

Dunyodagi eng yirik sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi "Beyond Meat“ kompaniyasi bir nechta tez taom tayyorlovchi yirik korxonalar, shu jumladan, ”McDonaldʼs" bilan mahsulot yetkazib berish borasida kelishuvga erishgan.

"Business Insider«ning yozishicha, ”McDonaldʼs" sun’iy go‘shtdan "McPlant“ deb nomlangan yangi burger tayyorlaydi. Shu bilan birga ”McDonaldʼs" sun’iy go‘shtdan boshqa taomlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Yaqin kelajakda "McDonaldʼs"ga sun’iy cho‘chqa va tovuq go‘shti hamda tuxum yetkazib berilishi kutilmoqda.

"Beyond Meat" shuningdek, "KFC“, ”Taco Bell“ va ”Pizza Hut" tez taomlar tayyorlovchi korxonalarga egalik qiluvchi "Yum! Brands" xoldingi bilan ham kelishuvga erishgan.

Avvalroq, sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi yana bir kompaniya — "Beyond Burger“ ”Starbucks“, ”Dennyʼs“ va ”Dunkinʼ" kabi korxonalar bilan shartnoma tuzgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!