«Manchester Yunayted»ning yozda aniq sotilmaydigan futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

«Manchester Yunayted»ning yozda aniq sotilmaydigan futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

«Manchester Yunayted» boshqa klublardan takliflar bo‘lishiga qaramay, yozda hujumkor yarim himoyachi Brunu Fernandesh va vinger Markus Reshford bilan xayrlashish niyatida emas. Bu haqda "Sport" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» Fernandesh va Reshfordni faqat futbolchilarning o‘zlari transferga qo‘yishni so‘rasagina sotishadi. Bu futbolchilarga «PSJ» qiziqayotgani, ammo fransuz grandi ular uchun ortiqcha pul to‘lashga tayyor emasligi avvalroq xabar qilingandi.

29 yoshli Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 26 yoshli Reshford bilan shartnoma 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!