“MAN” haydovchisi o‘zi zarar yetkazgan xonadonning uyini ta’mirlab berdi​

“MAN”  haydovchisi o‘zi zarar yetkazgan xonadonning uyini ta’mirlab berdi​

Voqea To‘raqo‘rg‘on tumanining Qatag‘on qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Tungi soat ikkilar atrofida o‘zining “MAN” avtomashinasida borayotib boshqaruvni yo‘qotgan   haydovchi A.X. katta yo‘l yoqasida yashovchi Holmamat Qambarovning turarjoy binosiga kirib ketadi. Hayriyatki, xonadon egalari shu kuni  qarindoshinikida mehmonda bo‘lganligi sababli hech kimga shikast yetmadi.

Tabiiyki, xushyorlikni yo‘qotgan haydovchiga H. Qambarovning jiddiygina shikast yetgan uyini tiklab berishga to‘g‘ri keldi. Bugun xonadon a’zolari bekamu-ko‘st ta’mirdan chiqarilgan binoda hayot kechirishmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV.
“Xalq so‘zi”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!