Maktab filiallari tugatiladi

Maktab filiallari tugatiladi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Ma’lum qilinishicha, qishloq hududlaridagi maktab filiallari alohida maktabga aylantirilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ishlar doirasida joriy yilning o‘zida respublika bo‘ylab 43ta maktab filiali asosiy maktabga aylantirilgan.

Shuningdek, joriy yilda 68ta yangi maktab qurilgan. Nodavlat ta’lim muassasalari soni bir yilda 2 baravar ortib, 84taga etgan.

Qayd etish kerakki, bunday filiallar odatda uzoq masofadagi asosiy maktabga qatnashi muammo bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun eski binoda bir yoki bir necha xonadan iborat bo‘lgan maktablardir.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!