Makron Islomga qarshi kurashni "katta xato" deb atadi

Makron Islomga qarshi kurashni "katta xato" deb atadi

Fransiya Prezidenti Islomni din sifatida qo‘llab-quvvatladi. “Fransiya respublikasining dushmani islomiy separatizmdir va din sifatida Islomga qarshi rejani ishlab chiqish katta xato bo‘ladi.” Fransiya prezidenti Emmanuel Makron separatizm va radikalizasiya bilan kurashga bag‘ishlangan nutqida shunday fikrni bildirdi.

Islomiy separatizm, uning so‘zlari bilan aytganda, "erkinlik va tenglikka, respublikaning bo‘linmasligiga va millatning zarur birligiga mos kelmaydi", ammo "biron bir dinga e’tiqod qilish" haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Shunga qaramay, Fransiya prezidenti "respublikada din qonunlari respublika qonunlaridan yuqori bo‘lishi mumkinligini hech qachon qabul qilib bo‘lmaydi" deb ta’kidladi. 

Xususan, "kimdir ayol bo‘lgani uchun u bilan qo‘l berib ko‘rishishni rad etishini" qabul qilish mumkin emas" va "respublikada nikoh uchun bokiralik guvohnomasi talab qilinmaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi eng muhim vazifalardan biri bu diniy sohadagi chet el ta’siriga qarshi kurashishdir. Shunday qilib, Fransiya "ikkinchi darajali imomlarni" qabul qilishni to‘xtatib, ularning respublikada mashg‘ulotlarini tashkil qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!