Makron Fransiyada karantin choralari yumshatilishini e’lon qildi 

Makron Fransiyada karantin choralari yumshatilishini e’lon qildi 

Fransiya 15 iyundan “yashil hudud”ga o‘tib, mamlakatda koronavirus sababli kiritilgan bir qator cheklovlar yengillashtiriladi. Bu haqda prezident Emmanyuel Makron o‘z murojaatida ma’lum qildi. 

“Ertangi kundan Fransiyaning butun hududi Mayotta va Gvianadan tashqari, yashil hududga o‘tadi. Ertangi kundan biz inqirozning birinchi to‘lqini aks etgan sahifani o‘gira olamiz”, deb aytgan Makron.

Jumladan, mamlakatda 15 iyundan bolalar bog‘chalari, maktablar va kollejlar odatiy tartibda barcha o‘quvchilarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, Parij regionida kafe va restoranlar ishlashiga ruxsat beriladi.

Makron, shuningdek, qariyalar uylariga tashrif buyurishga ruxsat bergan. 

Fransiya prezidenti o‘z murojaatida mamlakatda yuz berayotgan ommaviy tartibsizliklarga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning aytishicha, fuqarolar o‘z dini va kelib chiqishidan qat’i nazar vatanparvarlik g‘oyalari atrofida birlashishi lozim.

Makron huquq-tartibot idoralarining namoyishlar vaqtida jamoat tartibini saqlashga qaratilgan xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!