"Liverpul" futbolchilari Kloppning o‘rniga murabbiy tanlashdi

"Liverpul" futbolchilari Kloppning o‘rniga murabbiy tanlashdi

"Liverpul" futbolchilari Yurgen Klopp ketganidan keyin uning yordamchisi Pep Linders jamoani boshqarishini istashmoqda, deb xabar beradi Talk Sport.

Manbaga ko‘ra, ba’zi mersisaydlik futbolchilar bu qarorning tarafdori.

Yanvar oyida Klopp mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etishini e’lon qilgandi. 56 yoshli germaniyalik mutaxassis ortidan Linders jamoani tark etishi kutilmoqda.

28-turdan keyin “Liverpul” 64 ochko bilan APLda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Arsenal”dan ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Manchester Siti” uchinchi o‘rinda (63 ochko).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!