Lavrov Ukraina bilan munosabatlarning qayta tiklanish istiqboliga baho berdi

Lavrov Ukraina bilan munosabatlarning qayta tiklanish istiqboliga baho berdi

Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning Parijdagi uchrashuvi Kiyev Minsk kelishuvlarini bajarishni nimada ko‘rishini tushunish uchun muhimdir. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat yetakchilarining ehtimoliy muzokaralari rasmiy bo‘lmaydi.

“Aloqa foydali bo‘ladi, shubhasiz, chunki biz Zelenskiy ofisining barcha turli, qarama-qarshi ma’nodagi bayonotlaridan so‘ng Ukraina yetakchisining o‘zi Minsk kelishuvlarini bajarish harakatlarini qanday ko‘rishini juda ham bilishni istaymiz”, - deya Lavrov so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Lavrovning so‘zlariga qaraganda, ushbu uchrashuv to‘liq formatda bo‘lish-bo‘lmasligini taxmin qilishning foydasi yo‘q.

“Ikki tomonlama munosabatlarni biz qisqartirmaganmiz, transport aloqasini to‘xtatib qo‘ymaganmiz. Agar Ukraina tomoni, Kiyevda ko‘plab ekspertlar aytganidek, ularni qayta tiklashdan manfaatdor bo‘lsa, o‘ylaymanki, biz ham qotib turmaymiz”, - degan Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, “normand shaklidagi” - Rossiya, Ukraina, Fransiya va Germaniya uchrashuv 9 dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Parijda Putin va Zelenskiyning alohida uchrashuvini o‘tkazish borasida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Ukraina bo‘yicha “normand shaklidagi” muzokaralar 2014 yil iyun oyidan buyon mavjud. Sammitda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi muhokama qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!