Latviya o‘zbekistonlik yuk mashina haydovchilarini ishga taklif qilmoqda

Latviya o‘zbekistonlik yuk mashina haydovchilarini ishga taklif qilmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining bergan xabariga ko‘ra, 18 dan 55 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik yuk avtomobillari haydovchilari Latviyaga ishga taklif qilmoqda.

Talablar:

- sohada kamida 1 yillik tajriba;

- rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;

- sudlanmaganlik;

- sog‘lom bo‘lish.

Ish vaqti – haftada 40 soat.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish, viza va aviachipta, Latviyadagi ovqatlanish hamda yashash xarajatlari fuqaro tomonidan to‘lanadi.

Belgilangan talablardan kelib chiqib ayni yo‘nalish bo‘yicha xorijdaish.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun haftaning har chorshanba kuni tanlov tashkil qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!