«Hududgaz Qoraqalpog‘iston» gaz ta’minoti filiali rahbari Aymanov Xudaybergen vafot etdi

«Hududgaz Qoraqalpog‘iston» gaz ta’minoti filiali rahbari Aymanov Xudaybergen vafot etdi

«Hududgaz Qoraqalpog‘iston» gaz ta’minoti filiali rahbari Aymanov Xudaybergen 2024 yil 22 sentyabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ ma’lum qildi.

"O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimi og‘ir judolikka uchradi. «Hududgaz Qoraqalpog‘iston» gaz ta’minoti filiali rahbari Aymanov Xudaybergen 2024 yil 22 sentyabr kuni 68 yoshida vafot etdi.
Aymanov Xudaybergen mehribon ustoz va jonkuyar rahbar, yangiliklarga intiluvchan inson sifatida katta bir jamoani boshqardi. Aymanov Xudaybergen mamlakatimiz energetika sohasi rivojiga qo‘shgan hissasini inobatga olinib, uning xizmatlari Hukumatimiz tomonidan ham munosib taqdirlangan. Hayotdan bevaqt ketganiga qaramay, Aymanov Xudaybergenning o‘z ishiga vijdonan yondashishi, xizmatga sodiqligi, kamtarligi va u yaratgan jamoaviylik ruhi kelajak avlodlarni ilhomlantirishda davom etadi, deyiladi ta’ziya xabarida.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!