Aqtau shahrida sobiq MMA jangchisining jasadi topildi

Aqtau shahrida sobiq MMA jangchisining jasadi topildi

Aqtau shahrida aralash yakkakurash jangchisi Vusal Jafarovning jasadi topildi.

Jasad 20 sentyabr kuni chiqindi konteynerlari yonidan topilgan. Tana tanib bo‘lmas darajaga kelgan: to‘liq shishgan va qoraygan.

Polisiya bo‘limi ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

Erkakning jasadi topilgani bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, boshqa ma’lumotlar tergov manfaati uchun oshkor qilinmayapti, deyiladi idora xabarida.

Foydalanuvchilarning xabar berishicha, Jafarov kaltaklangan va erkakning jasadi bir necha kun ko‘chada qolib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vusal Jafarov 1994 yil 10 yanvarda tug‘ilgan. U professional faoliyatini 2015 yilda boshlagan. Ushbu davr mobaynida 4 ta jang o‘tkazib, bittasida g‘alaba qozongan va uchtasida mag‘lub bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!