Hizbulloh juda katta zarbaga uchradi

Hizbulloh juda katta zarbaga uchradi

Livanda Isroilga tegishli deb hisoblangan aloqa vositalarining ommaviy portlashi Hizbulloh harakatining harbiy tuzilmasi uchun eng katta zarba bo‘ldi. Bu haqda Amerikaning CNN nashri xabar berdi.

Ularning ta’kidlashicha, peyjerlarni portlatish harakatning qirq yildan ortiq tarixidagi «eng yirik zarba» va «Isroilning Hizbulloh saflari va aloqa infratuzilmasiga eng muhim kirib borishi»dir. CNN nashrining da’vo qilishicha, bu tuzilma saflarida vahima keltirib chiqardi va yahudiy davlatiga o‘tgan hafta hujumlar uyushtirishga imkon bergan.

21 sentyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniyel Xagariyning aytishicha, Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubida kun davomida yirik zarbalar bergan.

17 va 18 sentyabr kunlari Livanda aloqa vositalarining ketma-ket portlashi sodir bo‘ldi. Birinchi kuni mamlakatning turli hududlarida deyarli bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli peyjerlar portladi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu portlashlar natijasida 12 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan, 2,8 mingga yaqin kishi jarohatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!