Pokistonda polisiya mashinasi portlatildi

Pokistonda polisiya mashinasi portlatildi

Pokistonda 11 ta davlat elchilariga hamrohlik qilayotgan polisiya mashinasi portladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.

Hodisa 22-sentyabr kuni Xayber-Puxtunxva provinsiyasida sodir bo‘lgan. Oqibatda uch polisiyachi yaralangan, bir nafari halok bo‘lgan.

Elchimiz shu kolonna tarkibida edi. Na u, na boshqa chet el el elchilari zarar ko‘rdi, ular xavf-xatardan xoli. Hamma elchilar Islomobodga qaytishdi. Elchilar Islomobod Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan turizm bo‘yicha konferensiyada ishtirok etish uchun Svat shahriga yo‘l olgan, dedi Smadiyorov.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, favqulodda holat qo‘lbola portlovchi qurilma tomonidan portlatilgan zamonaviy polisiya mashinasida sodir bo‘lgan. Geo telekanali manbasi delegasiya tarkibidan Rossiya, Qozog‘iston, Portugaliya, Efiopiya, Indoneziya, Tojikiston, Eron va boshqa davlatlar elchilari bo‘lganini yozmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!