Zelenskiyning AQShga kelishi mamlakatdagi saylovlarga ta’sir qiladimi?

Zelenskiyning AQShga kelishi mamlakatdagi saylovlarga ta’sir qiladimi?

AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlovchi Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyning AQShning Pensilvaniya shtatiga kelishi amerikalik saylovchilarga ochiq bosimdir. Bu haqda MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Jarixin «TASS»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Hozirda Xarrisni ochiqdan-ochiq himoya qilayotgan Zelenskiyning kelishi, albatta, saylovchilar irodasiga nisbatan ochiq bosimdir», — deya ta’kidladi u.

Jarixinning so‘zlariga ko‘ra, aslida vaziyat chet el davlati rahbari «nomzodlardan birining targ‘ibotini olib borish uchun AQSh shtatlaridan biriga ochiqchasiga borishi» bilan bog‘liq. Shu bilan birga, Amerika ommaviy axborot vositalari va Davlat departamenti amerikalik saylovchilarga bosimning bu shakliga e’tibor qaratmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!