Polsha harbiylari Rossiyani aybladi

Polsha harbiylari Rossiyani aybladi

Polsha harbiylari Rossiyani Yevropadagi suv toshqinlari sharoitida noto‘g‘ri xabarlar tarqatayotganlikda aybladi.

Harbiylarning ta’kidlashicha, Rossiya rasmiylari "ma’lumotni tanlab olish usullaridan foydalanib, qabul qiluvchilarda qo‘rquv va nochorlik hissiyotlarini uyg‘otishga" intilmoqda, shuningdek, hukumat xavfsizlik tuzilmalariga ishonchni susaytirmoqda.

Sentyabr oyi o‘rtalarida "Boris" bo‘roni sabab kuchli yomg‘ir Markaziy va Sharqiy Yevropada suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Suv toshqinlaridan Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Vengriya zarar ko‘rdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!