Toshkentdan Al-Aynga yangi muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Al-Aynga yangi muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston turizm va aviasiya sohasida yana bir yangilik — joriy yil 22 sentyabr kuni Toshkentdan Al-Aynga yangi muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi. EASYBOOKING kompaniyasi Air Samarkand bilan hamkorlikda ishga tushirgan ushbu Rotana Jet-oson logosi bilan mashhur bo‘lgan eksklyuziv reysi endi yo‘lovchilarimizga yangi va qulay imkoniyatlarni hadya etish bilan birga, balki ikki shahar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni ham rivojlantiradi.

Al-Ayn Birlashgan Arab Amirliklarining to‘rtinchi yirik shahri bo‘lib, u mamlakatning madaniy merosida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu shahar cho‘lning o‘rtasida joylashgan bo‘lib, haqiqiy oazis sifatida tanilgan. Al-Aynning yam-yashil bog‘lari va favvoralari, shuningdek, tarixiy obidalar, masalan, Al-Jahili forti va mashhur Al-Ayn oazisi, uni sayyohlar uchun jozibador joyga aylantiradi. Al-Ayn, shuningdek, turli madaniy tadbirlar va festivalar o‘tkaziladigan markaz sifatida ham tanilgan, bu esa uni nafaqat tarixiy, balki zamonaviy madaniyat nuqtai nazaridan ham qiziqarli qiladi.

«Biz uchun eng katta qadriyat bu avvalo bizni tanlagan har bir inson uchun eng yaxshi taassurot va tajribalarni taqdim etishdir, — dedi EASYBOOKING bosh direktori Odil Xasanov. — Yuqori sifat standartlarini o‘rnatish, sayohatni qulaylashtirish orqaligina biz o‘z qadriyatlarimizga sodiq qola olamiz, albatta! Shu o‘rinda, aytib o‘tishim kerak, AIR Samarkand va Rotana Hotels bilan hamkorlik o‘ziga xos va yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishda yangi imkoniyatlar ochadi».

Sayyohlik xizmatlari bozori yetakchisi hisoblangan EASYBOOKING sayohat paketi ichida qator qulayliklarni taqdim etmoqda. 7 kunlik ushbu tur parvozlar, tezkor va qulay transferlar, sug‘urta hamda a’lo darajadagi xizmat ko‘rsatish va hashamatli xonalari bilan mashhur bo‘lgan Rotana Hotels tarmog‘ining eng yaxshi mehmonxonalarini o‘z ichiga olgan eksklyuziv paketdir. Parvozlarning dastlabki bosqichida reyslar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.


Chiptalar va paketli sayohatlarni EasyBooking tarmog‘idagi agentliklardan yoki easybooking.uz veb-saytidan olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!