Laporta Xavi qanday holatda qarorini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi

Laporta Xavi qanday holatda qarorini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xavi Ernandes ketish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi.

Yanvar oyi oxirida "blaugrana" bosh murabbiyi mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi. Keyinchalik mutaxassis jamoani Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan taqdirda ham fikridan qaytmasligini tan oldi. Shunga qaramay, Kataloniya giganti rahbari hamon murabbiyni qolishga ko‘ndirishi mumkinligiga ishonmoqda.

"O‘ylaymanki, agar biz sovrinlarni qo‘lga kiritsak, Xavi o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi. Mavsum oxirida gaplashamiz. Ba’zida qarorlar o‘zgaradi", - dedi kataloniyaliklar prezidenti.

"Barselona" La Ligada "Real"dan 8 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida Xavi shogirdlari chorak final bosqichida "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!