KXDR xakerlari vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga hujum qilishdi

KXDR xakerlari vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga hujum qilishdi

Shimoliy koreyalik xakerlar AQSH, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyada koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarayotgan kamida oltita farmasevtika kompaniyalari tizimiga kirishga urinishdi.

Bu haqda “Wall Street Journal” gazetasi vaziyatdan xabardor manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyidan boshlab xakerlar “AstraZeneca”, “Johnson & Johnson”, “Novavax Inc”, shuningdek  “Genexine Inc.”, “Shin Poong Pharmaceutical Co” va “Celltrion Inc” kabi kompaniyalar ma’lumotlarini olishga harakat qilishgan.

Xakerlar o‘z rejalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishganmi yoki yo‘q noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!