Kuzda taqdim etilayotgan iPhone XR 2 – bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi!

Kuzda taqdim etilayotgan iPhone XR 2 – bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi!

Apple korporasiyasining iPhone XR smartfoni uning o‘tgan yilgi modellari orasida eng arzonidir. Shunga qaramasdan, akkumulyatorining quvvati uzoq vaqtga yetishi bo‘yicha u barcha ayfonlar orasida yetakchidir.

Xabarlarga ko‘ra, iPhone XR’ning bu yil kuzda taqdim etiladigan «avlod»i bu borada hatto undan ham ustun bo‘ladi. Bu yerda gap ham dasturiy, ham qurilmaviy jihatdan yaxshilash ishlari xususida ketayotir.

Phone XR 2 uchun akkumulyatorni Xitoyning ATL (Amperex Technology Ltd) kompaniyasi ishlab chiqaradi. Esingizda bo‘lsa, Galaxy Note 7 uchun qo‘llangan Samsung SDI batareyalaridagi muammo sababli portlab ketavergach, janubiy koreyalik korporasiya ularni qaytarib olgan va qayta ishlab, boshqatdan sotuvga chiqargandi. O‘sha ikkinchi urinishda ularga ayni shu ATL kompaniyasining portlamaydigan akkumulyatorlari qo‘yilgan.

Xullasi kalom, iPhone XR 2 akkumulyatorining tok sig‘imi 3110 mA/soatga teng bo‘lib, u ayfonlar tarixidagi eng sig‘imdor yakka elementli batareya bo‘lyapti. To‘g‘ri, bu ko‘rsatkich original iPhone XR akkumulyatorining 2942 mA/soatlik tok sig‘imidan atigi 5 foizga yuqori. Biroq dasturiy ta’minotning ham yaxshilanishi evaziga ushbu smartfon barcha ayfonlar tarixidagi eng avtonomligi yuqori model bo‘ladi.

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!