Kuz-qish mavsumi oldidan muammolarni aniqlashda Toshkent hokimligining blogerlarga murojaati

Kuz-qish mavsumi oldidan muammolarni aniqlashda Toshkent hokimligining blogerlarga murojaati

Toshkent shahar hokimligi jurnalist, bloger va shaharning barcha fuqarolariga murojaat yo‘lladi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi kommunal sohaga daxldor xizmatlar tomonidan kuzgi-qishki mavsumni betalafot o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

«Shunga qaramay, hokimlik va mas’ul tashkilotlarning e’tiboridan chetda qolgan holatlar bo‘lishi mumkin.

Agar siz kuz-qish mavsumidan oldin hal qilinishi kerak bo‘lgan biror muammoni aniqlasangiz, Toshkent shahar hokimligining “Facebook” sahifasi orqali xabar berishingizni yoki bu haqidagi ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz/kanallaringizga joylashtirishingizni so‘raymiz.

Bu bilan shahardagi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga tizimdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish masalasida sezilarli yordam bergan bo‘lasiz.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 210 01 63

Amaliy yordam va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur!», — deyiladi poytaxt hokimligi murojaatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!