Kulgi bekati: Karantin haqida quvnoq hazillar

Kulgi bekati: Karantin haqida quvnoq hazillar

Hurmatli, qo‘shnilar!

— Axlatlarimni o‘g‘irlamanglar, iltimos! Axir men ham ko‘chaga chiqishni xohlayman!

***

— Eh, qanday davrlar edi-ya: Ishdan uyga, uydan ishga…

— Endi-chi, uy-uy-uy-uy!

***

— Menga hozir bankdan qo‘ng‘iroq qilishdi. Karantin munosabati bilan kredit olishimizni tavsiya qilishmoqda, foiz stavkasi o‘sha-o‘sha. Tushunmadim, og‘ir ahvolda qolgan menmi yoki ularmi?

— Ular shunchaki sening tirikligingga ishonch hosil qilishmoqchi bo‘lishgan.

— Mening nabiralarim uyda onlayn rejimda ta’lim olishmoqda. Shu sababli maktab ma’muriyati menga remont, yangi parda va mebel uchun pul o‘tkazib yuborishini so‘rab qolaman.

***

— Azizam, men seni dunyoni aylantiraman, deb va’da bergan edim. Xo‘sh, xonim, qayerga bormoqchisiz?

— Voy, nimalar deyabsiz? Axir karantin-ku?!

— Ha, mayli o‘zing bilasan. Men so‘zimda turdim, keyin gina qilib yurma.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!