Kreditni to‘lay olmagan tadbirkor yoki «plan»ni bajara olmagan fermer endi qamalmaydi

Kreditni to‘lay olmagan tadbirkor yoki «plan»ni bajara olmagan fermer endi qamalmaydi

Aynan mana shu norma o‘zgarayotgan Konstitusiyaning 25-moddasida aks etmoqda. Ya’ni, «Hech kim shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligiga asoslanib jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas».

Tadbirkorlik ozmi ko‘pmi tavakkalchilikka asoslangan bo‘ladi. Bugun ish boshlab ertasiga kasodga uchragan, olgan qarzini to‘lay olmasdan jazolangan chorasizlar soni kam emas. Chunki hozirgi tartib shunday – kim yopmagan qarzini to‘lamagan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. «Buni qamasak u olgan pullarni kim qaytaradi», degan savolga esa javob yo‘q.

Yoki noqulay kelgan ob-havo, suvning vaqtida berilmagani sabab «plan»ni bajara olmagan fermer bilan ham xuddi shunday holat.

Qarz uchun qamash – bu qaysidir ma’noda mantiqsizlik. Aslida javobgarlik qarzdorning shaxsiga emas, uning molk-mulkiga qaratilishi kerak.

Konstitusiyaga kiritilayotgan yangi tartib riskka borayotgan tadbirkor yoki biznes egasiga kichik bo‘lsada ko‘mak vazifasini o‘tashi tayin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!