Kosmonavt kiyimidagi Lukashenko! Ilon Maskga Belorusiya rahbarini Marsga yuborish taklif qilindi (foto)

Kosmonavt kiyimidagi Lukashenko! Ilon Maskga Belorusiya rahbarini Marsga yuborish taklif qilindi (foto)

Amerikalik biznesmen Ilon Maskdan Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Marsga yuborish so‘raldi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Maskning Belorusiya xalqiga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi savoliga shunday munosabatda bo‘lishdi.

Foydalanuvchilardan biri biznesmenga Belorusiya rahbariga "raketa berishni" maslahat berdi va "Lukashenkoga uchish uchun raketa bering. Belorusiyada nima bo‘layotgani haqida butun dunyoga ma’lumot tarqating. Biz bu erda diktator armiyasiga qarshi boshqa davlatlarning ko‘magisiz yolg‘iz kurashmoqdamiz ”, deb yozdi.

Boshqa bir foydalanuvchi esa yanada radikal va aniqroq javob qaytarib, kosmonavt kiyimidagi Lukashenkoning fotosini joylashtirgan holda "Bir tomonga chipta bering, iltimos!" deya ta’kidladi.

Kosmonavt kiyimidagi Lukashenko! Ilon Maskga Belorusiya rahbarini Marsga yuborish taklif qilindi (foto)

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!