Koronavirusning turli narsalarda qancha vaqt turishini bilasizmi?

Koronavirusning turli narsalarda qancha vaqt turishini bilasizmi?

“Journal of Hospital Infection” ma’lumotlariga ko‘ra, yangi tarqalgan koronavirus COVID-19 ob’ektlar yuzasida bir hafta yoki undan ko‘proq vaqt turishi mumkin ekan.

Nemis olimlari tadqiqot olib borishdi va xitoy koronavirusi boshqa taniqli koronaviruslar kabi narsalar yuzasida uzoq vaqt turishini aniqlashdi. Uning 9 ​​kungacha mahsulot ustida qolishi ehtimoldan xoli emas.

Virus bilan dezinfeksiya yordamida kurashish kerak. Buning uchun etanol, vodorod peroksid yoki natriy gipoxlorit eritmalari kerak bo‘ladi. Ular yordamida tozalangan ob’ektlarning sirtida virus yo‘qoladi.

Shifokorlarning qayd etishlaricha, virusning umri past harorat va yuqori namlik tufayli uzaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!