Koronavirus ruhiy o‘zgarishga sabab bo‘ladimi?

Koronavirus ruhiy o‘zgarishga sabab bo‘ladimi?

Britaniyalik olimlarning "The Lancet Psychiatry" jurnalida chop etilgan tadqiqotiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlarda ayrim hollarda asab tizimining zararlanish asoratlari — insult, aqliy nosog‘lomlik yoki zaiflik kuzatiladi.

Tadqiqot o‘tkazish uchun ma’lumotlar almashiladigan maxsus internet-platforma ochildi. Ma’lumotlar yig‘ish 2 apreldan 26 aprelgacha davom etdi.

O‘rganilgan 125 ta holatdan — 77 tasida insult, 39 tasida ruhiy o‘zgarish aniqlangan. Ba’zi bemorlarda bosh miya disfunksiyasi va "ensefalit" deb ataladigan miya yallig‘lanishi kuzatildi.

Olimlar ushbu hisobotni koronavirusdan kasallangan bemorlarda asab tizimi zararlanishi asoratlari spektrining ilk keng qamrovli namoyishi ekani va keyingi izlanishlarga turtki bo‘lishini ta’kidladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!