Koronavirus! Nima uchun Xitoydagi kunlik ko‘rsatkich bunchalik past?

Koronavirus! Nima uchun Xitoydagi kunlik ko‘rsatkich bunchalik past?

Mutaxassislar Xitoydagi koronavirus bilan bog‘liq past ko‘rsatkichga izoh berishdi.

Bu haqda “RBK” xabar qildi.

XXR Sog‘liqni saqlash komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda COVID-19ning 85,521 ta holati qayd etilgan, 4634 kishi infeksiya qurboniga aylangan. O‘tgan kun davomida esa mamlakatda koronavirusning atigi 21 ta yangi holati aniqlangan. 1 million aholiga to‘g‘ri keladigan yuqumli kasalliklar soni bo‘yicha Xitoy hozirgi kunda dunyoda 202-o‘rinni egallab turibdi.

N. F. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi virusologi Anatoliy Altshteyn XXRda koronavirus infeksiyalari sonining kamligini statistikaning manipulyasiya qilinganligi bilan emas, balki yuqori intizom va samarali karantin bilan bog‘lamoqda.

Shu o‘rinda yana bir mutaxassis Larisa Popovich ham xitoyliklarning immunitetni yaxshilaydigan an’anaviy tibbiyotga sodiqligini alohida ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!