Koreyada 33 qavatli binoga alanga ichida qoldi

Koreyada 33 qavatli binoga alanga ichida qoldi

Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida 33 qavatli turar joy binosida katta ko‘lamli yong‘in chiqdi. Voqea oqibatida kamida 49 kishi jabrlandi, 15 kishi kasalxonaga yotqizildi, yuzlab kishilar evakuasiya qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Samhwan turar joy binosida yong‘in kechasi soat 23dan keyin boshlangan. Ta’kidlanishicha, binoning 3 qavatigacha savdo markazi, undan yuqori qavatlarida esa kvartiralar joylashgan. Ularda 127 ta oila yashaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning 12-qavatida boshlanib, kuchli shamol sababli butun binoni qamrab olgan. Alanga 30-qavatga yetib borgach, yong‘inni o‘chirish imkonsizga aylangan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirish uchun bor kuchlarini ishga solmoqdalar. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

Yong‘in binoga qo‘shni bo‘lgan savdo markaziga ham o‘tgan. Hozirda bu yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!