Kemiruvchilar “Sardoba” to‘g‘oni o‘pirilishiga ta’sir ko‘rsatganmi? Javob berildi

Kemiruvchilar “Sardoba” to‘g‘oni o‘pirilishiga ta’sir ko‘rsatganmi? Javob berildi

O‘zbekiston FA Zoologiya instituti zoolog mutaxassislari Sardoba suv omborida ilmiy safarda bo‘ldilar.

“Safarning maqsadi yovvoyi kemiruvchilar va boshqa hayvonlar faoliyatining Sardoba suv ombori to‘g‘oni holatiga ta’sirini aniqlash edi.

Ish jarayonida guruh tomonidan to‘g‘on yonbag‘rining 7 bo‘limi, to‘g‘onning yuqori qismidan esa 31-piketdan 197-piketgacha tekshiruvlar o‘tkazildi. Bu hududlarda ochilib qolgan loy uyumlari va cho‘kmalar kuzatildi. Tekshiruvlar muhandis E.Kayumov ishtirokida o‘tkazildi.

To‘g‘on yonbag‘rining 3 bo‘limida oddiy ko‘rsichqonning ochilib yo‘qolgan yo‘llari topildi. To‘g‘onning yuqori qismida esa Tamarisk qumsichqonining inlari qayd etildi. Nishablik bo‘limlardan birining asosida tulki ini topildi.

Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu kemiruvchilar hamda tulkilar ko‘p sonda emas va to‘g‘onning yaxlitligiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. FA Zoologiya instituti mutaxassislari ushbu masala yuzasidan zarur tavsiyalar berishdi”, - deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!