Kechgi tabassum!.. (14-qism)

Kechgi tabassum!.. (14-qism)

Yigit va qiz uchrashuvda.

Qiz:

— Yoshingiz 25 da-yu, baribir o‘zingizni yosh boladay tutasiz-a!

Yigit:

— Yo‘g‘-e, ja unchalikmas! IYE, qarang, halinchak bo‘shadi, ketdik halinchak uchamiz!

 

* * *

 

Mashhur millionerdan so‘rashdi:

— Birinchi topgan millioningizni eslay olasizmi?

— Kechagiday esimda. Birinchi millionimni otam tungi klubga ketayotganimda qo‘limga tutqazgandi.

 

* * *

 

Operasiyadan so‘ng narkoz ta’siri ketib uyg‘ongan er tepasida o‘tirgan xotinini juda muloyimlik bilan erkalab qo‘ydi. Xotini hayron bo‘lib hamshiradan so‘radi:

— To‘yimizdan beri meni biror marta erkalamagandi. Hayron bo‘lib qoldim. Bunaqangi dorini qayerdan topgansizlar-a?

 

* * *

 

Milisiya xodimi uyini o‘g‘ri urgan ayoldan so‘radi:

— Uyingizni o‘g‘rilar ag‘dar-to‘ntar qilib tashlagan bo‘lsa, nega kech xabar berdingiz?

— Men oldiniga erim toza ko‘ylak qidirganmikan deb o‘ylabman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!